"Vest Xem" Bulaxruzni sotib olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013
"Vest Xem" gollandiyalik himoyachi Halid Bulaxruz bilan shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar bermoqda Sport Mediaset.
31 yoshli himoyachi "Sportning"da faoliyat olib borayotgandi. Biroq ushbu mavsum oldidan u erkin agentga aylanib, klubni tark etdi. Angliyada transfer oynasi yopilgan bo'lsada, Bulaxruz "Vest Xem" tarkibini to'ldirishi mumkin. Chunki klubsiz futbolchilarga transfer mavsumi vaqti haqidagi qonun o'tmaydi. Matbuotda ushbu futbolchigan "Fiorentina va "Elche" klublari ham qiziqayotgani ma'lum qilinmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru