"Vest Xem" 48 soat ichida Bilichni iste'foga chiqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 noya 2017, 12:40
"Vest Xem" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilichni iste'foga chiqarmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, bu 48 soat ichida sodir bo'lishi mumkin. "Bolg'ali jangchilar" so'nggi to'rtta turda g'alaba qozona olishmadi va ayni damda xavfli zonada turishibdi.

49 yoshli mutaxassisning o'rnini Devid Moyes egallashi kutilmoqda. Ingliz klubi rahbariyati shotlandiyalik murabbiy bilan muzokara o'tkazishga ulgurishdi.

54 yoshli Moyes "Vest Xem"ni mavsum oxirigacha boshqarishi taxmin qilinyapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph