"Vest Xem" 35 mln evrolik transferni amalga oshiradi

Alisher
20 iyun 2022
"Vest Xem" "Renn"dan himoyachi Naif Aguerdni xarid qiladi.

Klublar 26 yoshli Marokash terma jamoasi futbolchisining 30 mln funt (35 mln evro atrofida)lik transferi borasida kelishuvga erishishdi. Transfer haqida rasman dushanba kuni e'lon qilinishi kerak.

O'yinchining o'zi "bolg'a urarlar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Aguerd 2021/22 yilgi mavsum "Renn" tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports