Vertongen jiddiy jarohat olishdan qochib qutuldi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2014, 14:10
"Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:4) jiddiy jarohat olmagan.
Belgiyalik himoyachi maydonni shifokorlar yordamida tark etgandi. "Shporlar" ustozi Tim Shervud Yan tizzasini shikastlab olganini ma'lum qildi.

Kecha Vertongen tibbiy ko'rikdan o'tdi, aniqlanishicha uning jarohati jiddiy emas. Shunday qilib futbolchi JCH-2014ga bora olmasligi haqidagi taxminlar o'zini oqlamadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru