Vertongen faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

10 apr 2020, 08:37
Yan ham A Ceriyaga ko'chib o'tishga yaqin.

“Tottenxem”ning 32 yoshli himoyachisi Yan Vertongen yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi kutilmoqda. Futbolchining xizmatlariga “Inter”dan jiddiy qiziqish bor. Qayd etilishicha, Milan klubiga qishda aynan “shporlar” safidan borib qo'shilgan Kristian Eriksen Yanga “Inter”ga o'tishni tavsiya qilgan.

Belgiyalik futbolchining londonliklar bilan shartnomasi iyunda yakuniga etadi.

Joriy mavsum Yan APL doirasida 19 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Evening Standard