

PSJ Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichida ikki o'yinda ham Myunxenning "Bavariya" klubiga imkoniyatni boy berdi. 30 yoshli futbolchining xatosi tufayli raqib gollaridan biri urildi va umumiy 3:0 hisobidagi ustunlik taminlandi. U ushbu omadsizlikdan keyin jamoani tanqid qilgani uchun boshqa klubga o'tkazib yuborilishi mumkin.
Italiya terma jamoasi a'zosi francuz klubining eng sovrindor futbolchilaridan biri edi. U 11 yilda jamoa bilan 29 ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Futbolchi Turinning "Yuventus"iga borib qo'shilishi mumkin. PSJ yarim himoyachini saqlab qolish istagini ham bildirishi ehtimoli bor.



