"Verona" Ilichni "Manchester Siti"dan 8 million evro evaziga xarid qilmoqchi

Alisher
23 iyul 2021, 15:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ivan Ilich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

20 yoshli serbiyalik futbolchini "Verona" xarid qilmoqchi, o'yinchi 2020/21 yilgi mavsumni aynan shu klubda ijarada o'tkazdi.

Italiyaliklar Ilichni 8 million evroga xarid qilishga va xavbekning o'ziga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyorlar.

Ilich o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira