"Verona" "Arsenal" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
8 avg 2022, 12:14
"Arsenal" himoyachisi Pablo Mari faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 28 yoshli ispaniyalik uchun "Verona" da'vogarlik qilmoqda. Oldinroq, italyan klubi o'yinchini xarid qilishga uringandi, ammo rad javobini oldi.

Mari 2022 yilning yanvarida "Udineze"ga ijara asosida o'tgandi.

Himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira