Verner: "Tuxelning o'yin uslubi menga mos tushmadi"

Mirjalol Normatov
17 avg 2022
"Leyptsig" hujumchisi Timo Verner "Chelsi"da bo'lgan muammolar haqida gapirdi.

"Ilk navbatda men o'z o'yinimdan lazzat olishni istayman. Albatta, "Chelsi" bilan katta natijalarga erisha oldim, biroq klubdagi yakuniy onlarim meni barcha ijobiy xissiyotlardan ajratib qo'yoyatgandi. Bunga kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganim sabab bo'ldi.

Menimcha Tuxelning o'yin uslubi mos tushmadi. Mana nima sababdan navbatdagi qadamni tashlashni istadim. Bu yoshimda juda ko'p o'ynashni istayman.

"Chelsi"da faoliyatimning katta muvaffaqiyatlari boylandi. Bu klub meni o'zgacha ruxda tarbiyaladi. Buyog'iga ushbu klubdagi insonlar bilan aloqalarni uzmaslikka harakat qilaman", - dedi Verner.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar