Verner APLdagi so'nggi 2 o'yinida 3 gol urdi

Mirjalol Normatov
21 apr 2022, 00:35
"Chelsi" forvardi Timo Verner APLda ketma-ket ikkinchi o'yinida gol urmoqda.

Bahsning 17-daqiqasida uning zarbasi rikoshet hosil qilib, darvoza to'ridan o'rin oldi va bahsdagi hisob tenglashdi.

Qayd etish kerak, so'nggi ikki o'yinda germaniyalik futbolchi uch gol urdi. Bunga qadar uning golsiz seriyasi 9 o'yinga cho'zilgandi. Timo ligada oktyabr oyidan buyon gol nimaligini bilmay kelayotgandi.

Verner barcha turnirlarda so'nggi 4 o'yinida 4 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia