Veri: "Agarda Ronaldu "Yuventus"ga o'tsa, A seriyani tomosha qilaman"

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristian Veri Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Ronaldu "Yuventus"da? Bu Italiya futboli uchun katta yutuq bo'ladi. A seriya haqida boshqa davlatlarda kam gapirilmoqda. Chunki, bu yil ligada o'tgan yilgiga o'xshab ajoyib o'yin ko'rsatadigan futbolchilar yo'q. Ronaldu ligani jonlantirishi mumkin. Xattoki men ham A seriyani tomosha qilaman. Har yakshaanba kuni butun dunyo "Yuventus" nima qilganiga va Ronaldu nechta gol urganiga qiziqadi", - deydi Veri


Manba: footballhd.ru