"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani tizzasidan olgan jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, belgiyalik mushaklarini cho'zib olgani bois bir yarim oyni o'tkazib yubordi. Kompani mashg'ulotning asosiy qismida individual dastur asosida ishladi. lekin o'zaro o'yinni to'liq o'tkazdi.