"Vengerning "Arsenal"ini eslatmoqda, u kuchli va g'ayratli jamoadan texnikaga urg'u beradigan klubga aylangan". Karrager - "Liverpul" haqida

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023, 16:50
Jeymi Karrager Yurgen Kloppning "Liverpul"ini Arsen Vengerning "Arsenal"i bilan solishtirdi.

"Mavsumning ko'p qismida Klopp jamoasini kuzatmadim, ammo hozir bu jamoa raqib bosimiga bardosh bera olmaydi.

Menga kuchli va baquvvat jamoadan texnik jamoaga aylangan Vengerning "Arsenal"ini eslatmoqda. Himoya butunlay betartib", – dedi "Liverpul" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Twitter'da.

"Liverpul" dushanba kuni APLning 17-turidan o'rin olgan uchrashuvda o'z maydonida "Brentford"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Carra23