Venger Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin

23 apr 2018, 22:49
Mavsum yakunlanganidan so'ng “Arsanal”ni tark etadigan Arsen Vengerga hozirdanoq xaridorlar chiqmoqda.

Jumladan, 22 yil davomida “Arsenal”ni boshqargan taniqli mutaxassisning xizatlariga Dortmundning “Borussiya” va Xitoy klublari hamda Yaponiya terma jamoasi extiyoj sezmoqda. 

Fransiyalik 68 yoshli murabbiy oldida hozir 4ta aniq taklif bor. Xitoy hukumati mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqishda aynan Vengerni asosiy kuch sifatida ko'ryapti. 

Shuningdek, uni Yaponiyada ham kutishmoqda. Venger uchun Kunchiqar yurt begona emas. U “Nagoya Grampus” (1995-1996) jamoasida ishlagan edi. Arsen Venger Dortmundning “Borussiya” klubida Peter Shtegerni ham almashtirishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar