Xoland APLda o'ynashiga Vengerning ishonchi komil

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2021, 16:20
"Arsenal" sobiq murabbiyi Arsen Venger Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini APLda davom ettiradi deb hisoblamoqda.

"APL yetakchilik qilmoqda, sababi u yerda eng ko'p pul bor, eng yaxshi o'yinchilar ko'proq pul ishlashga harakat qilishadi. Xoland Mbappedan keyin eng katta ikkinchi hujumchi bo'ladi. Uning maqsadi gollar urish. Bu hujumchi uchun ajoyib tarzda mos keladigan sifat", - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, Xoland 2020 yildan beri "Borussiya" tarkibida o'ynaydi.

Kelasi yilda uning shartnomasida 75 million evrolik tovon puli amal qilishni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal