

"Faoliyatim davomida ilk marta shunday holatga tushdim. Qiyin bo'lsa ham, vaziyatni to'g'rilash uchun tajribam etarli. Biz o'yinning eng asosiy paytlarida xatolikka yo'l qo'ymoqdamiz.
Jamoa a'zolari bir maqsad yo'lida birlashishi kerak. Boshqa gap yo'q", - dedi Venger.
Ayni damda "Arsenal" APL turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda, YCHLga yo'llanma beruvchi pog'onadan 13 ochko ortda qolmoqda. Payshanba kuni "Arsenal" Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida "San-Siro"da "Milan" mehmoni bo'ladi.




