Venger Sautgeytning qaroridan hayron

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2018, 17:43
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker Angliya terma jamoasida Garet Sautgeyt tomonidan boshqacha foydalanilayotganidan hayron.

"Uoker - haqiqiy himoyachi emas. U himoyada xato qilishi mumkin. Erik Dayer himoya markazi yoki yarim himoyada harakat qila oladi. Nega undan umuman foydalanishmayotganiga tushunmayapman" - deydi Venger.

Angliya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida 2ta o'yindan so'ng kelasi bosqich masalasini hal qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports