

"Sanches Parijga bormagan. Chunki PSJ Sanchesni xarid qila olmaganidan so'ng, Neymarga e'tibor qaratgan. So'nggi uch-to'rt kun mish-mishlarni o'qidim. Gazeta Sanches haqidagi mish-mishlarni Neymarga burdi. Bugun ular Neymar haqida gapirishmoqda, uch kun oldin esa bu rolda Aleksis edi. Ammo bir necha marotaba Sanches sotilmasligini aniq aytdim" - deydi Venger.



