

Ilgariroq Ispaniya OAVlari “Barselona” 22 yoshli “Arsenal” futbolchisini sotib olishga jiddiy kirishgani haqida xabar berishgandi.
“Mirror” ning xabariga ko'ra, Venger Beleringa “Arsenal” futbolchini “Barselona” yoki boshqa klubga sotish niyati yo'qligini ma'lum qildi. Francuz mutaxassisi Belerin “kanonirlar” safida faoliyatini davom ettirishiga umid qilmoqda.
Belerinning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga etadi.



