Venger Belerin va Sanchesning kelajagi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017
“Arsenal” ustozi Arsen Venger jamoasi futbolchilari Aleksis Sanches va Ektor Belerininng jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosbatini bildirdi.

“Ushbu futbolchilarning jamoa bilan shartnomalari bor va biz ular bunga amal qilishlarini kutayapmiz.  Bu yil Sanchesning jamoadani oxirgi yilimi yoki yo'qmi buni hech kim bilmaydi. U mavsum boshida yoki o'rtasida biz bilan shartnomasini uzaytirish mumkin”, deydi Venger.

Ilgariroq Beleringa “Barselona” qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqandi.

Sanchesning “Arsenal” bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport