Venger: "Arsenal" "Lester Siti"ga yetib olishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
7 apr 2016
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi Angliya chempionati oltin medallarini qo'lga kiritish umidini yo'qotgani yo'q.

"Albatta "Lester Siti"ga yetib olish mumkin. Nega endi yo'q? "Tulkilar" juda barqaror, ammo har bir uchrashuvda turli xil hisob qayd etilishi mumkin. Ochko yo'qotish mumkin emasligini yaxshi bilamiz. Faqat tepaga emas, pastga ham qarashimiz lozim, chunki ular ham bizga muammo tug'dirishi mumkin. Biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com