Vazgen Manasyan: "Hakim Fuzaylovga oliy liga klubidan taklif bor"

Narzulla Saydullayev
5 may 2014, 10:52
Bir necha yil davomida Toshkentning "Lokomotiv" klubida faoliyat olib borgan Vazgen Manasyan Hakim Fuzaylov ishdan ketgach klubni tark etgandi. Kuni kecha Manasyan Tojikistonda bo'lib qaytdi.
Tojikistonlik hamkasblarimiz murabbiydan intervyu olishdi.  

- Bu erga Muxsin Muhammadievning taklifi bilan keldim. 4 may kuni Tojikiston terma jamoasi Afg'oniston bilan o'ynaydi. Do'stim Alier Ashurmamadov boshqarayotgan “Parvoz”ning o'yinini tomosha qildim. Shu bilan birga Tojikiston futboli qanday ketayotganini bilish uchun keldim, - deydi Manasyan.

- Hozir nimalar bilan bandsiz?
- Toshkentda yashayapman. Yaqingacha Hakim Fuzaylov bilan birga Toshkentning “Lokomotiv” klubida ishlab kelayotgandik, hozir kichik tatildamiz. O'tgan yil “Lokomotiv” bilan ikkinchi o'rinni olgandik. Bu yil OCHL pley-offida Toshkentda Quvayt klubiga yutqazib qo'ydik. Rahbariyat Hakim Fuzaylovni ishdan bo'shatdi, men ham ariza yozib ketdim.

- Keyingi rejalaringiz qanday?
- Bir hafta o'z yurtimda bo'lib turaman, 5 may kuni Toshkentga boraman. U yerda O'zbekiston oliy ligasi klubidan taklif bor. Agar kelisha olsak Hakim Qayumovich bilan yana birga ishlaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia