Vayn Deyk jarohatidan keyin ilk o'yinini o'tkazdi. U qanday fikrda?

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2021, 08:13
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Gerta"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

U oyog'idagi jarohat sabab 9 oy maydonga tusha olmagandi. 

"Maydonga qaytish uchun harakat 285 kun oldin boshlangandi. O'zimdagi hislarni qanday qilib tasvirlab berish qiyin, ammo ko'plab insonlarning qo'llab-quvvatlashidan judayam xursandman. 

Jarroh, fizioterapevt, murabbiylar, jamoadoshlar, muxlislar. Ular mening qaytishimga yordam berishdi. Ularsiz men xech kimman - barchadan minnatdorman. 

Hali ish tugamadi. Bu faqat boshlanishi. Biz oldinga boramiz", - dedi Van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Daily Telegraph