

"Vardi bilan shartnoma imzolanishiga qarshi bo'lgandim. U klubimiz bilan kelishuvga erishganidan so'ng xursandchilikdan har kuni icha boshladi. Bir kuni esa hattoki mashg'ulotlarga ham mast holda kelganini aytishdi. Keyin men uni suhbatga chaqirdim. O'shanda u menga xech qachon buncha pul ko'rmaganini, ularni nimalarga ishlatishni bila olmayotganligini aytgandi. Ammo, o'sha suhbatimizdan so'ng u ichishni tashladi va qattiq mehnat qila boshladi", - deydi Shrivaddxanaprabxa.



