Varan "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
12 okt 2021, 00:15
Fransiya termasi himoyachisi Rafael Varan Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi o'yinda jarohat oldi.

28 yoshli futbolchining mushaklarida jarohat aniqlangan. Uning qachon safga qaytishi aniq emas. Shu sababli Varan "Lester"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida qolmoqda.

Ushbu mavsumda Varan APLda 5 o'yinda qatnashib, bir golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal