Varan: "Bir soat davomida futbol o'ynamadik"

Оқил Абдубарноев
19 dek 2022
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan JCH-2022 finalida Argentinaga qarshi o'yin (3:3, penaltilar bo'yicha 2:4) yakunlarini sarhisob qildi.

"Biz juda xafamiz. O'yinda bor kuchimizni berdik, raqibga taslim bo'lmadik. Bugun bir soat futbol o'ynamadik.

Ammo qaytishni uddaladik, hatto g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Men bu jamoa bilan faxrlanaman.

Jamoa matonat, birdamlik va g'alabaga ishonch kabi xislatlari bilan ajralib turadi. Bu fazilatlar finalga chiqish imkonini bergandi. Ammo bu g'alaba qozonish uchun etarli bo'lmadi", - dedi Varan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe