

Birinchi bo'limning ikkinchi qismida Pervis Estupinyan "Brayton"ni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo bosh hakam Maykl Oliver VAR orqali ofsayd bo'lganini ko'rsatib, golni bekor qildi.
Biroq bahsdan so'ng ofsayd chizig'i xato tortilgani, Jeyms Tomkins emas Mark Gexi oyog'idan chiziq qo'yish kerakligi aniqlangan.
Agar chiziq Gexi oyog'idan tortilganida Estupinyanning goli hisobga olinardi. Bahs 1:1 hisobida yakun topdi.




