

Xabarlarga ko'ra, unda buning uchun hech qanday ruxsat bo'lmagan. FIFA ushbu holat bo'yicha poziciyasiga oydinlik kiritdi va qoidalar hali ham o'z kuchidaligini ma'lum qildi. Unga ko'ra, JCH bosh sovriniga g'olib o'yinchilar va murabbiylar shtabidan boshqa hech kim tegishi mumkin emas. Bundan tashqari, Nusret FIFA hamkori ham hisoblanmaydi va u bilan reklama shartnomalari tuzilmagan.
Shu bilan birga, sinchkov muxlislar Janni Infantino ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida turkiyalikka obuna bo'lganini payqashdi.
Nusret Go'kchening o'zi esa bo'lib o'tgan vaziyat uchun hech qanday jazoga tortilmasligi aytilmoqda.




