Van Persida “Liverpul”ga qarshi o'ynash imkoniyati mavjud
Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 17:04
Jarohati sababli “Manchester Siti”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Robin van Persi, chorshanba kuni safga qaytishi va Liga Kubogi doirasida “Liverpul”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
“Robin o'yinga tayyor bo'ladi deb o'ylaymiz. Uning jarohati jiddiy emas. U chorshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushishi mumkin”, - deydi klub bosh murabbiyi Devid Moyes.