Van Persi yoshlarga imkon bermoqchi, u mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2019
Gollandiyaning “Feyenoord” klubi hujumchisi Robin van Persi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng, faoliyatini tugatishi haqida ma'lum qilgandi.

Futbolchi bu qaroridan qaytmoqchi emas va bunga izoh berdi.

“Men fikrimni o'zgartirganim yo'q. Jamoamizda iqtidorli yosh o'yinchilar bor. O'ylashimcha, ularga imkon berish kerak. “Feyenoord” men uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilishga tayyor. Mazkur o'yin o'tkaziladigan kun esa mening qarorimga bog'liq. Klubning menga nisbatan ko'rsatayotgan e'tibori tahsinga sazovor.” – deya 35 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Algemeen Dagblad.

Van Persi joriy mavsum Gollandiya chempionatining 19ta o'yinida qatnashib, 14 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan holda 4 marta golli uzatmani amalga oshirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Algemeen Dagblad