Van Gal "Verder"ni boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016
"Verder" rahbariyati yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal nemis klubi ustoziga aylanishi mumkin. Ammo gollandiyalik bu joyi uchun yagona davogar emas. "Verder" Andre Braytenrayter, Mirko Slomka, Andreas Xercog va Tomas Shaaf nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Van Gal 2009 yildan 2011 yilgacha "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida Bundesligada ishlashga ulgurgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Hamburger Abendblatt