Van Gal MYUning Xitoydagi turnesiga atalgan promorolikda ko'rsatilmadi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2016, 12:43
"Manchester Yunayted" ustozi Lui van Gal jamoaning Xitoyda bo'lib o'tadigan mavsumoldi turnesi promoroligida ko'rsatilmadi.

Suratga olish ishlarida MYU sobiq futbolchilari Erik Kantona va Jorj Best ishtirok etishdi. Rolikda hozirgi tarkibning 14 futbolchisi suratga tushdi, ularning orasida Markus Rashford va Gilerma Varela ham bor. Ammo rolikda jamoa ustozi ko'rsatilmadi, ammo oldingi ikki videoda gollandiyalik mutaxassis yodga olingan edi.

Oldinroq MYU Joze Mourinyo bilan og'zaki kelishuvga erishgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph