

Gollandiyalik mutaxassis bu ishni maxfiylikni oshirish va baza ko'rinishini yaxshilash uchun bajarmoqchi.
Van Gal mavsumning birinchi qismida "qizil iblislar" rahbariyatidan mashg'ulotlarni begonalardan hamda jamoaga aloqasi bo'lmagan klub xodimlaridan yashirishni so'ragan, ammo ko'rilgan choralar unga etarlidek tuyulmayapti.
Murabbiy buyurtirgan panjara to'r va taxtadan iborat. Uning balandligi 8 metrni tashkil etadi.



