Van Gal: "Blind "Manchester Yunayted"da qolmagani maqul"

Aslanov Jasurbek
25 dek 2017, 10:33
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal mankunianlar himoyachisi va hamyurti Deyli Blindga klubdan ketishni maslahat berdi.

"Deyli Blind "Manchester Yunayted"da qolganidan ko'ra, "Barselona"ga ketgani maqul. U bazida "Yunayted" zaxirasiga ham sig'may qolyapti. Deyli ko'p poziciyalarda o'ynashi mumkin, "Barselona"da esa u hech qachon tribunada o'tirmaydi.

Deyliga "Barselona"da yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. Uning darajasi va uslubi Angliyadan ko'ra, ko'proq Ispaniyaga mos tushadi. U o'yinni boshqaradigan markaziy himoyachi kabi harakat qilishi mumkin. Blind himoyaviy yarim himoyachi yoki hujumkor chap qanot himoyachisi rolida o'ynay oladi" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror