Van Gal Andorra termasi maydonidan qo'rqmaydi

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal, jahon chempionati-2014 saralash o'yinlari doirasida Andorra termasiga qarshi kechadigan safardagi uchrashuvda, Andorraning 850 muxlis sig'imiga ega maydoni unga hech qanday noqulaylik tug'dirmasligi aytdi.

Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 23:30 “Mini Estadio” maydonida bo'lib o'tadi.

- Maydon sig'imi hech qanday salbiy rol o'ynamaydi. Gap biz uchun ushbu maydonda tugashi mumkin bo'lgan jahon chempionati saralash bosqichi haqida ketayapti. Shu sababli maydondagi muhit biz uchun hech narsani hal qilmaydi. Men bu maydonda oldin ham bo'lganman va o'shanda Gollandiya terma jamoasining o'yinini muxlis sifatida kuzatganman, - van Galning so'zlarini keltiradi De Telegraaf.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru