"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal iste'foga chiqishdan havotir olmayapti. U ishini davom ettirishni o'ylamoqda.
"Shartnomam uch yilga mo'ljallangan. Unga to'liq amal qilaman, ishonavering. Meni bu erga bekorga taklif qilmaganlar. Shu sababli, menga bir oz vaqt kerak. Sabr zarur bo'lgan jarayondamiz", - deydi gollandiyalik murabbiy.