Van Deyk: "Liverpul" futbolchilari PSJdan qo'rqishmaydi"

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 13:44
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk PSJga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Biz PSJdan qo'rqmaymiz. Raqibni hurmat qiamiz, biroq ushbu uchrashuvda g'alaba qozonmoqchimiz. Jamoa o'yinga tayyor.

"Liverpul" Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. O'tgan mavsum Chempionlar ligasi finaligacha yetib bordik. Bu safar ham o'sha bosqichgacha yetib borish niyatidamiz.

"Liverpul" darajasidek klubda doimo bosim his qilasan, chunki hamma ham bunday jamoada o'ynay olmaydi. Ammo bu menga ta’sir qilmayapti. Men shunchaki futboldan rohat olmoqchiman" - deydi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star