

Niderlandiyalik futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziq edi. Van Deyk agentlari "qaymoqranglilar" bilan muzokaralar olib borishdi, ammo madridliklardan ijobiy javob olishmadi.
Yakunda "Real" Din Xyoysenni tanladi, niderlandiyalik esa ingliz grandi bilan yangi shartnoma imzoladi. 34 yoshli himoyachining liverpulliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Futbolchining transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi. U "qizillar" safida 2018 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda.



