

- Siz duch kelgan eng kuchli raqib kim bo'lgan? Yoki kimlar?
- Lionel Messi juda qiyin raqib. Erling Xoland ham. Zamonaviy hujumchi. Agar unga bir necha santimetr joy bersangiz, sizni jazolashadi.
Serxio Aguero "Liverpul"ga ko'p gol urmagan, to'g'risini aytsam, men unga qarshi "Sautgempton" safida to'p tepganman va u doimo xavfli edi. Serxio ikkala oyoqda o'ynay olardi.
Olive Jiruni ham eslamasam bo'lmaydi. U "Chelsi"da Azar bilan o'ynaganida, Edenga qarasa bo'ldi edi, to'p Oliveda bo'lardi. Menga qarshi bahslarda yaxshi gollar urgan. Har doim u gol ura olmasa kerak deb o'ylardim, biroq u uddalardi" - dedi van Deyk.



