Van Deyk: “Bredalik oddiy bolakay APL chempioniga aylandi”

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2020, 21:35
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Premer-liga chempionligi qo'lga kiritilganidan keyin o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bredalik (Niderlandiyadagi shaharcha) oddiy bolakay APLda zafar quchdi.

Orzuim amalga oshdi va bu dunyodagi har bir bola har qanday narsaga erishish mumkinligini eslatish uchun imkoniyatdir.

Og'ir mehnat va qatiyatlik! Hech kim sizni eng yaxshi bo'lishingizga to'sqinlik qilmasligi kerak!

Oilam, muxlislar, jamoadoshlarim va barcha xodimlarga rahmat! “Liverpul”, bu sizlar uchun”, deya yozgan o'z sahifasiga niderlandiyalik fulbek.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/VirgilvDijk