Van de Bek "Ayaks"ga qaytmoqchi emas

Alisher
22 okt 2021, 11:20
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Ayaks"ga qaytmoqchi emas.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi Angliya klubidan ketishga yaqin, ammo shu bilan birga sobiq jamoasiga qaytmoqchi emas.

Van de Bek MYUga "Ayaks"dan 2020 yilning sentyabr oyida 39 mln evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 3ta o'yinda maydonga tushdi va umumiy 141 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano