Van de Bek APLga yo'l olishi kutilmoqda

10 iyun 2019, 22:35
Gollandiyalik yarim himoyachi o'ziga APL chempionatini maqul ko'rmoqda.

Talk Sport ma'lumotiga ko'ra, "Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek ushbu transfer oynasi vaqtida Angliya klublaridan biriga o'tmoqchi. 

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga Tumanli Albiondan "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari davogarlik qilmoqda. Van de Bekning o'zi ham APLga yo'l olishga rozi. 

Joriy mavsum, Donni 33 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: talksport.com