Van Byuten JCH-2014dan so'ng termadagi faoliyatini yakunlaydi

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2014, 21:57
"Bavariya" va Belgiya terma jamoalari himoyachisi Daniel van Byuten Braziliyadagi JCHda terma jamoa uchun so'nggi o'yinini o'tkazadi.

Markaziy himoyachi yoshlarga yo'l berishga qaror qildi. U Evro-2016 saralash o'yinlarida ishtirok etmaydi.

"Men Mundialdan so'ng faoliyatimni yakunlayman.

Evro-2016ga tayyorlanmayman. Men terma jamoa safida ilk marotaba JCH-2002da maydonga tushganman. JCH-2014da esa tugatmoqchiman", - deydi futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru