Valverde: "Neymar qolishini istaymiz"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017, 12:23
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde "Yuventus"ga qarshi Xalqaro Chempionlar Kubogi turniri uchrashuvidan (2:1) so'ng, Neymar haqida fikr bildirdi.

"Biz uchrashuvda ustunlikka erishishga va bir butun bo'lib o'ynashga harakat qildik. "Barselona" raqib kuchiga qaramasdan, butun bahs davomida yetakchi bo'lishni istadi. Hozir har bir daqiqa bizga ishonch bag'ishlaydi. "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabada ijobiy jihatlarni ko'rdim.

Neymar qolishini istaymiz. U jamoa o'yiniga qanday ta’sir ko'rsatishini yaxshi bilamiz" - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal