Valverde, Messi va "Barselona"ning boshqa yetakchilari jamoada MYU futbolchisini ko'rishmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 12:17
"Barselona" vakillari "Manchester Yunayted" direktorlari bilan muzokaralar stoliga o'tirishi mumkin.

Kataloniya klubi "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lionel Messi, Xerard Pike, Usmon Dembele va Samuel Yumtiti Pogbani ko'k-anorranglilar safida ko'rmoqchi. "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde ham bu g'oyani qo'llab-quvvatlamoqda.

Kataloniya klubi selekcionerlari bu transfer to'g'riligiga shubha qilishmoqda. Ularning fikricha, Pogba ko'k-anorranglilar uslubiga to'g'ri kelmaydi. Selekcionerlarning so'zlariga ko'ra, "Barselona" markazida to'pni ko'proq ushlab turadigan va tavakkal qilmaydigan futbolchilar kerak.

Taxminlarga ko'ra, MYU Pogba uchun "Yuventus"ga to'laganidek mablag' talab qiladi. Pol Pogba 2016 yil 101 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail