Valverde hamda Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani va "Barselona" mashg'uloti

Aslanov Jasurbek
18 dek 2019, 14:08
Bugun, 18 dekabr kuni "Kamp Nou" stadionida "Barselona" hamda "Real" o'rtasida futbol olami kutgan "El-Klassiko" bo'lib o'tadi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati ushbu uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumani va "ko'k-anorranglilar" mashg'uloti videosini taqdim etdi.

"Barselona" ustozi Ernesto Valverde: "Ikkala jamoa ham ochkolar borasida oldinga chiqib olishni xohlaydi. Ikki oy oldin jadvalda yetakchi edik, endi esa ochkolarimiz "Real"niki bilan teng, chunki "Qirollik klubi" 95-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi ("Valensiya"ga qarshi bahsda). Kuchlar teng".


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan: "Raqibimiz juda kuchli va doimo barqaror o'yin ko'rsatib kelgan. Ular tarkibida Messi bor. Biroq bizning ham o'z qurollarimiz mavjud. Shogirdlarim "Barselona"ga qarshi bahsda yaxshi o'yin ko'rsatishlariga ishonaman".


TAS-IX


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com