Valverde futbolchisini "Inter"ga qo'yib yubormoqchi emas

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 21:36
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoada qolishi kutilmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde chililik futbolchini jamoada qolishini istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis jamoaning kelasi yilgi rejalariga 32 yoshli yarim himoyachini ham kiritmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vidal ushbu mavsumdan keyin "Inter"ga o'tishi kutilayotgandi.

Vidal ushbu mavsumda LaLigada 14 o'yinda 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca