Valverde APLda ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Klub prezidenti Daniel Levi yangi mavsum uchun bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. U bunga qadar Jennaro Gattuzo, Paulo Fonseka kabi murabbiylar bilan muzokaralar olib bordi, ammo kelisha olmadi.

Valverde bilan muzokaralar esa so'nggi bosqichga kelib qolgan, deb yozadi Fabricio Romano. 57 yoshli mutaxassis 2020 yilning yanvarida "Barselona"dan ketganidan buyon hech qayerda ishlaganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal