Valter Maccari: "Barcha taqqoslashlar mavsum so'nggida amalga oshishi kerak"

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2014, 11:47
"Inter" klubi bosh murabbiyi Valter Maccari "Milan" va "Inter"ni taqqoslamaslikni so'radi.
"Barcha taqqoslashlar mavsum so'nggida amalga oshishi kerak. Stramachchoni "Inter"ni boshqargan vaqtdagi bir nechta futbolchilar hozir yo'q. Shu bois o'tgan yilgi tarkib bilan hozirgini taqqoslash to'g'ri emas.

"Milan" esa o'tgan yil shu futbolchilar bilan uchinchi o'rinni egalladi, ayni paytda biz undan 9 ochko oldindamiz. Biroq, bugun matbuotda "Inter" va "Milan"ni mavsumning dastlabki qismidagi natijalarini taqqosini ko'rdim. Bunga qo'shila olmayman, sababi bizning holatlarimiz mutlaqo boshqacha", - deydi Maccari Football Italia nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net