Vali Keldiev “Norin”da ish boshlashga yaqin

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2016
Birinchi liga ishtirokchisi Haqqulobodning “Norin” jamoasida ishlab kelgan Ravshan Bozorov va uning yordamchilari “Navbahor”ga ko'chib o'tdi.
Endilikda “Norin”ni surxondaryolik Vali Keldiev boshqarib boradigan ko'rinadi.

Oxirgi marta “Mashal” yoshlar jamoasida faoliyat yuritgan mutaxassis so'nggi yillarda majburiy tatilda edi. Shu kunlarda Vali Keldiev Haqqulobda bo'lib turibdi. Yaqin orada uning rasman bosh murabbiy etib tayinlangani rasman ma'lum qilinadi.

Bugun “Norin”ni “Cementchi”ga qarshi qoldirilgan o'yinida jamoani maydonga Ravshan Bozorovning o'zi boshlab tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia